- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 223-65-43
Ishonch telefoni (79) 223-65-43
Akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining 1-bandi hamda 2003-yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 473-qarori, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2006-yil 5-iyuldagi 111-buyrug‘i, Navoiy viloyat hokimligining 2006-yil 1-iyundagi №133-sonli qarorlari asosida tashkil etilgan bo‘lib,“Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi 2-sonli akademik litsey” deb nomlangan. 2006-yildan 2009-yilgacha o'quv yurtiga Xo`jamurodov Odil Egamberdiyevich rahbarlik qilgan. Bu yillarda ta`lim muassasasining tashkil etilishi, ijtimoiy–iqtisodiy, o‘quv-ma’naviy, xo‘jalik-moliyaviy va ahil jamoaviy muhitning ravnaqi uchun mustahkam poydevor yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Navoiy davlat konchilik instituti 2-sonli akademik litseyi Navoiy davlat konchilik instituti tasarrufiga berilgan va Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi deb o‘zgartirildi. 2009-2017- o`quv yillarida akademik litseyga Hayitova Ra`no Zokirovna rahbarlik qilgan. Ra`no Zokirovna rahbarlik davrida har tomonlama yutuqlarni qo`lga kiritish uchun tinimsiz izlanishlar, ta`lim-tarbiyada tartib, ma’naviy-axloqiy tarbiyaga, ta`lim sifatida yuksak malakali o`qituvchi ustozlar safi kengayishiga, malakali ustozlarni yetishtirishda ustoz-shogird an`analarining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qaroriga asosan, Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi deb o‘zgartirildi. 2017-yildan bugungi kungacha akademik litseyga Tadjitdinova Feruza Rahmonqulovna rahbarlik qilib kelmoqda. Bu yillarda akademik litseyning nufuzi Respublika miqyosida yuqori darajalarga ko`tarilib bordi. O‘qituvchilarning yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llab ta’lim jarayonini olib borishi, maxsus fan to‘garaklari va fan klublarining samarasi, litsey o‘quvchilarining o‘quv fanlarini yuqori o‘zlashtirishlari natijasida 2017- yildan 2019-yilgacha bitiruvchilarning o`qishga kirish ko`rsatkichi 90% ni tashkil etdi. 2020-2024- o`quv yillariga kelib, bu ko`rsatkich 95-100% ni tashkil etdi. Feruza Rahmonqulovnaning odilona rahbarlik siyosati, ahil va mahoratli ustozlar jamoasining tinimsiz mehnatlari samarasi natijasida akademik litsey xalqaro miqyosda ham rivojlanib, bir qator xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Akademik litsey tashkil etilganidan 2024-yilgacha akademik litseyning 8500 dan ortiq o‘quvchisi oliy o‘quv yurtlarini tugatib, respublikamizning turli nufuzli tashkilot va muassasalarida iqtisodiyotimiz va jamiyatimizni turli yo‘nalishlarida o‘z faoliyatlarini davom ettirishmoqda.
---------------------------------------------------------------------------