Ariza berish tartibi

Akademik litseyga umumta’lim maktablarining 9-sinif bitiruvchilari ariza topshirishlari mumkin. 

         Akademik litseyga ariza topshirish 10-iyundan 10-iyulga qadar Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali amalga oshiriladi.

          Kirish test sinovlari har yili   iyul oyida bilimlarni baholash agentligi tamonidan  test jarayonining ochiqligi va shaffofligi ta’minlangan holda o’tkaziladi.

       Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli qaroriga muvofiq

Abituriyentlarni akademik litseylarga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar

   Xalqaro matematika olimpiadasi (International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (Intemational Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (Intemational Chemistry Olympiad (ICho), Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (Intemational Olympiad in Informatics (IOI) xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etgan yoki Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (Intemational Zhautykov Olympiad (IZhO), Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi, O‘smirlar o‘rtasida Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasi (Intemational Junior Science Olympiad (IJSO), Xalqaro Matematika musobaqasi (Intemational Mathematics Competition (IMS)da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari.

Akademik litseyning mos yo‘nalishiga qabul parametrlaridan tashqari imtihonsiz qabul qilinadilar.

    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari orasidan fan olimpiadasining hududiy (viloyat va shahar) bosqichida 1 — 3-o‘rinlar g‘oliblari.

Akademik litseyning mos yo‘nalishiga hujjat topshirganda, ixtisoslik fani bo‘yicha test sinovidan maksimal ball beriladi.

T/r

Sertifikatlar nomi

Tillar/Fanlar

Minimal ballar

Mazkur chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga akademik litseylarga kirish test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili va fanlardan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

1.

Intemational English Language Testing System (IELTS academic)

Ingliz tili

5

2.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL)

IBT 42

3.

Cambridge Assessment English PET

V1

4.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

V1

5.

TestDaf

V1

6.

Deutsches Sprachdiplom

V1

7.

Diplome d'Etudes en Langue Francaise (DELF)

Fransuz tili

V1

8.

Test de Connaissance du Francais (TCF)

V1

9.

Boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha

Ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tili

V1

10.

Umumta’lim fani va chet tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy sertifikat

tegishliligi bo‘yicha

B1*

         Umumta’lim fanini bilish darajasi bo‘yicha minimal ball O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilanadi.

         Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi veb-sahifadagi yoki telegram kanaldagi yangiliklarni muntazam kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.  telegram kanalimiz:NDKTU_al

 

Ijtimoiy tarmoqlar: