- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 223-65-43
Ishonch telefoni (79) 223-65-43
HUJJATLARNI TOPSHIRISH MUDDATI QANDAY?
Abituriyentlar akademik litseylarga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
QANDAY HUJJATLAR TOPSHIRISH KERAK?
Abituriyent ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga quyidagi hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritishi va yuklashi lozim:
IMTIHONLAR QACHON BO'LIB O'TADI?
Kirish test sinovlari har yili iyul oyida Agentlik tomonidan test jarayonining ochiqligi va shaffofligi ta’minlangan holda o‘tkaziladi.
Aniq sanasi va vaqti haqida qo’shimcha ma’lumotlarni olish uchun NDKTU-AL telegram kanalini muntazam kuzatib borish tavsiya etiladi.
CHET EL FUQAROLARI VA XORIJDA YASHOVCHI FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNI AKADEMIK LITSEYLARGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI QANDAY?
Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari bundan mustasno) akademik litseylarga suhbat natijasiga ko‘ra qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.