Кo`p beriladigan savollar

hUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI

HUJJATLARNI TOPSHIRISH MUDDATI QANDAY?

       Abituriyentlar akademik litseylarga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali  har yili 10-iyundan 10-iyulga qadar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

qANDAY HUJJAT

QANDAY HUJJATLAR TOPSHIRISH KERAK?

         Abituriyent ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga quyidagi hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritishi va yuklashi lozim:

  • o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlarning nusxasi (fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi), diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (agar mavjud bo‘lsa);
  • xorijiy davlatda umumiy o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi (nostrifikatsiya) haqidagi ma’lumotnomasi (agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan abituriyent maktabning 9-sinfini xorijiy davlatda tamomlagan bo‘lsa);
  • abituriyentning 3,5x4,5 hajmdagi fotosurati (agar abituriyent tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa);
  • ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili, qaysi chet tilidan (ingliz, nemis, fransuz va sharq tillaridan biri) kirish test sinovini topshirishi haqida ma’lumot.

11

IMTIHONLAR QACHON BO'LIB O'TADI?

        Kirish test sinovlari har yili iyul oyida Agentlik tomonidan test jarayonining ochiqligi va shaffofligi ta’minlangan holda o‘tkaziladi.

        Aniq sanasi va vaqti haqida qo’shimcha ma’lumotlarni olish uchun NDKTU-AL telegram kanalini muntazam kuzatib borish tavsiya etiladi.

 

PASPORT

CHET EL FUQAROLARI VA XORIJDA YASHOVCHI FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNI AKADEMIK LITSEYLARGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI QANDAY?

      Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari bundan mustasno) akademik litseylarga suhbat natijasiga ko‘ra qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlar: